platina.uz
Jamiyat

Ertaga Oʻzbekistonda havo harorati 22 darajagacha iliq boʻladi

«Oʻzgidromet» 15 mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Ertaga Oʻzbekistonda havo harorati 22 darajagacha iliq boʻladi

Oʻzgidromet 15 mart kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +6…+8 daraja, kunduzi +20…+22 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +15…+20 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +18…+23 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +23…+28 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +5…+10 daraja, kunduzi +17…+22 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +8…+13 daraja boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid