Bektemir hokimligi masʼuli jazodan ozod, Parkent va Navbahornikiga esa hayfsan!

Toshkent shahri, Bektemir tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Kasimov Abror Utkurovichga berilgan hayfsan jazosi muddatidan oldin olib tashlandi.
Avvalroq Kasimov Abrorga “Obod qishloq va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi yuzasidan sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi sabab hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgandi.
Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Abduxamidov Yorqinbek Xusniddin oʻgʻliga hayfsan jazosi qoʻllanildi. U “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish" dasturi doirasida ajratilgan kredit mablagʻlarni oʻzlashtirishda va aholi bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi maʼlum qilindi.
Yana bir holatda Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi mudiri Abdualimov Zuxriddin Oʻlmasovichga hayfsan jazosi qoʻllanilli. U qarorlar ijrosini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va ijro intizomini nazorat qilish boʻyicha oʻziga yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarmagani qayd etilgan.