AQShda terror qilgan oʻzbek umrbod qamaldi

Nyu-York shahrida terakt uyushtirgan oʻzbek Sayfullo Soyipov shartli ravishda ozod etish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2017 yilda yuk mashinasida 8 kishini bosib ketgan va oʻnlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.
U 2017 yil 31 oktabr kuni 8 kishini yuk mashinasida bosib ketib, terakt sodir etgandi. Unga oʻlim jazosi berishmoqchi edi, Soipovning otasini AQShga sud zaliga koʻrsatma berishga chaqirishgach, ota bolasi omon qolishini soʻragan. Uning bu iltimosi prezident Bayden oʻlim jazosiga qarshi chiqqan davrga toʻgʻri keldi.
Soyipov IShID nomidan harakatlanganini tan olgan va oʻzini ushbu guruh «askari» deb atagan. U 2021 yil yanvar oyida bir necha qotillik va terrorizmda ayblanib, sud qilingan. Prokuratura unga oʻlim jazosi soʻragan.
Sayfullo Soyipov umrining qolgan qismini Kolorado shtatidagi maksimal darajada qatʼiy rejimdagi ADX Florence federal qamoqxonasida oʻtkazadi.
