platina.uz
Jamiyat

Andijonda kaltaklangan 14 yoshli oʻsmirning bugungi holati maʼlum boʻldi

Shahrixon tuman ichki ishlar tizimi masʼullari jurnalistning mazkur voqeaga daxldor savoliga javob berishdan nega bosh tortdi?
Andijonda kaltaklangan 14 yoshli oʻsmirning bugungi holati maʼlum boʻldi

Mushohadali odamlar "Bolalarning oʻrtasiga tushib boʻlmaydi. Ular bugun urishib, ertaga yarashib ketaverishadi" deb qoʻyishadi va shunga amal qilishadi. Ammo Andijon viloyatida shahrixon tumanilik 43 yoshli erkakning ikki oʻsmir oʻrtasidagi kelishmovchilikka aralashib, 14 yoshli bolani urib doʻpposlagani aks etgan video koʻp muhokamalarga sabab boʻldi.

“Markaziy studiya” dasturida ochiqlangan voqea tafsilotlariga koʻra, oʻzidan 29 yosh katta, otasi tengi odam tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangan 14 yoshli oʻsmir maktabdan keyin Shahrixon tumanida joylashgan doʻkonning yumushlariga yordam berib yurgan. Uning xatosi esa zoʻravonlik yoʻlini tutgan shaxsning 13 yoshli jiyaniga qoʻl koʻtargani ekan.

"U maktabga ketayotganida bizning yonimizga kirib, hazil qilib, meni kamsitib, ustimdan kuldi. Ogohlantirishimga qaramasdan baribir bu hol davom etdi. Shundan soʻng urishib ketdik, oʻsha payt boshi qonagan ekan. Men bilmagandim. Keyinroq doʻkonda kimdir "Mana shu" deganini eshitdim, shu payt qarasam, bir yoshi katta togʻa qarshimda turibdi. Savdo qiladi, deb oʻylagandim. Kutilmaganda meni urib, tepib, doʻpposlab ketdi. Hamma joyim ogʻriyapti" deydi jabrlanuvchi oʻsmir yigit.

Shahrixon tuman markaziy kasalxonasi shifokori Rasuljon Mamajonov soʻzlariga koʻra, kaltaklangan oʻsmir shifoxonaning qoʻshma shikastlar boʻlimiga tan jarohati bilan murojaat qilgan.

“Bemor kelganda dastlabki koʻrik natijasida uning yuzi va badanida shilingan, shikastlangan joylar aniqlangan. Bemorga kerakli tekshiruvlar qilindi. Hozirda olingan muolajalardan keyin, umumiy ahvol meʼyorlashgan”.

Bolani urib, tepib tashlagunicha doʻkondagi guvohlar boshida tomoshabindek turishmaganida jazavasi tutgan erkak balki oʻpkasini bosib olgan boʻlarmidi?

Jamoatchilikning qattiq eʼtiroziga sabab boʻlgan mazkur voqea ustidan ish ochilganmi yoki yoʻq?

Shu haqida Shahrixon tuman ichki ishlar boʻlimidan intervyu olishga uringan Marakziy studiya jurnalistining murojaati afsuski javobsiz qolgan.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmati esa zoʻravonlik holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganligini ijtimoiy tarmoq orqali maʼlum qilgan.

Aholining hamma qatlami ham ichki ishlar organlari yuritayotgan sayt yoki ijtimoiy tarmoq sahifalari – kanallarga aʼzo emas!
Shuning uchun ulardan OAV xodimlariga ochiq boʻlishlarini soʻramoqda “Markaziy studiya” inofrmatsion dastur ijodkorlari.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid