«Afrosiyob»da qoʻshimcha reyslar qoʻyildi

Navroʻz bayrami kunlarida yoʻlovchilarni tashish maqsadida 17 martdan 23 martgacha Samarqanddan Toshkentga «Afrosiyob» elektropoyezdi yoʻnalishida qoʻshimcha 6 ta reys harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli «Samarqand — Toshkent» yoʻnalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli «Toshkent — Samarqand» yoʻnalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Shuningdek, «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yoʻnalishida qoʻshimcha qoʻshimcha 2 ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli «Toshkent — Qarshi» yoʻnalishi
Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21
779-sonli «Qarshi — Toshkent» yoʻnalishi
Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.