platina.uz
Jamiyat

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha jarima, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq

Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish oʻgʻrilik deb belgilandi.
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha jarima, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq

Qonun (OʻRQ–822-son, 13.03.2023 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

  • umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

  • BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
  • yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid