«Yettinchi qavatdan oʻzini tashlagan xorijlik»

13 mart kuni soat 18.30 da 1995 yilda tugʻilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi, 75-uyning yettinchi qavatida joylashgan xonadondan oʻzini pastga tashlab, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov holat boʻyicha Platina.uz'ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa yuzasidan tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, sodir boʻlgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq Toshkentda bir erkak oʻzini 7-qavatdan tashlab yuborgani haqida xabar bergandik.




