Surxondaryo viloyati hokimi tacdiqlandi

Prezident viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi.
Tadbirda, shuningdek, viloyatning iqtisodiy salohiyati haqida ham soʻz borib, davlat rahbari hududda oxirgi besh yilda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushganini aytdi.
«Bugun yigʻilishdan keyin ishga tushiriladigan 6 ta korxonada ham qoʻshimcha 2 mingta yangi ish oʻrni yaratildi, viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard soʻm, eksportiga 20 million dollar qoʻshiladi. 2022 yilda ishga tushgan «Zarchob-1» va «Zarchob-2» mikro GESlarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Bugun ishga tushadigan «Toʻpalang GES»da yiliga yana 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish qoʻshiladi», – dedi Prezident.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishi haqida xabar bergandik.




