Oltiariq tumani hokimining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Fargʻona viloyati hokimi Turdaliyev Shamsiddin kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarini vazifasidan ozod etuvchi qarorni imzoladi.
Maʼlum qilinishicha, Oltiariq tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Tojiyev Komiljon Nozimjonovich lavozimidan ozod etildi.

