platina.uz
Jamiyat

Oliy Majlisi Senatining 38-yalpi majlisi 14 mart kuni oʻtkaziladi

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat aʼzolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Oliy Majlisi Senatining 38-yalpi majlisi 14 mart kuni oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi 2023 yil 14 mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2023 yil 13 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 3017-IV-son qarori boʻyicha uni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi va Konstitutsiyaviy sudning 2023 yil 13 martdagi qarorlarini inobatga olib, «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqidagi masala Oliy Majlis Senatida ham koʻrib chiqilishi kerak.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 14 mart kuni boʻlib oʻtadigan oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisida ushbu masala muhokama qilinadi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat aʼzolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Yalpi majlis «Oʻzbekiston 24», «Oʻzbekiston» teleradiokanallari, «Uzreport» telekanali hamda Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib boriladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid