Marhum Farhod Mannopovning Mittivine jamoasi tarqalib ketdimi?

Bloger, Mittivine jamoasi asoschisi Farhod Mannopov jarrohlik amaliyotidan keyin joriy yil 5 mart kuni vafot etgandi.
Prokuratura Farhod Mannopov oʻlimi bilan bogʻliq holat boʻyicha tekshiruv boshlangani haqida xabar bergandik. Uning oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tarmoqlarda Mittivine jamoasi Farhod Mannopov oʻlimidan soʻng birinchi marta koʻrinish berdi.
Eʼlon qilingan videoda 5 yigit besh tomonga qarab ketganini koʻrish mumkin. Tarmoqlarda tarqalgan bu video jamoa tarqalganini anglatishi mumkin, deya izohlanmoqda.