platina.uz
Jamiyat

Konstitutsiyaviy sud: “Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qoʻyishga monelik qiluvchi holatlar yoʻq!”

Konstitutsiyaviy sud raisining aytishicha, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va Oʻzbekistonning xalqaro hujjatlariga toʻliq mos keladi.
Konstitutsiyaviy sud: “Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qoʻyishga monelik qiluvchi holatlar yoʻq!”

Bugun Qonunchilik palatasi qarorining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash boʻyicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Konstitutsiyaviy sudning qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qoʻyishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmagan

Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomovning aytishicha, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va Oʻzbekistonning xalqaro hujjatlariga toʻliq mos keladi.

Shuningdek, Konstitutsiyani yangilashga oid qonunni prezident imzolashi koʻzda tutilmagan. Senat maʼqullashi kerak.

Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar referendum natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid