platina.uz
Jamiyat

Buxoroda birovning eri bilan "oʻynashib yurgan" ayol tiz choʻktirilib, samosud qilindi

Turmush oʻrtogʻi bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan ayolni nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilib, uning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan va ushbu jarayonni videotasvirga olgan ayolga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Buxoroda birovning eri bilan "oʻynashib yurgan" ayol tiz choʻktirilib, samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol boshqa bir ayolni turmush oʻrtogʻi bilan ishqiy munosabatda boʻlgani uchun samosud qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Buxoro viloyati IIB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, Jondor tumani "Pahlavon" mahallasida yashovchi 1995 yilda tugʻilgan Z.F. turmush oʻrtogʻi bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan tumanning "Yangiobod" mahallasida yashovchi D.D.ni nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilib, uning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitib, ushbu jarayonni videotasvirga olgan.

Tuman sudining qaroriga koʻra, Z.F. MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli, deb topilib, unga BHMning 4 baravari, yaʼni, 1 mln 200 ming soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid