«Almata-Toshkent» HY-766 reysida oʻgʻirlik sodir boʻldi

2023 yilning 10 mart kuni soat 23:30 larda «Almata-Toshkent» HY-766 reys bilan uchib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, D.M. havo kemasi bortida boʻlgan vaqtida oʻziga tegishli boʻlgan qoʻl sumkasini ununtib qoldirgan uning ichida 1800 AQSh dollar, 300.000 soʻm puli, bank plastik karta, 2 dona naushnik va telefon zarayadkasi boʻlgan. Bu haqda Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.
Fuqaro D.M. Toshkent shahri aeroportlarida XTB xodimlariga ariza bilan murojaat qilib ushbu yoʻqotilgan sumkasi hamda uning ichida boʻlgan qimmat baho narsalarini topishda amaliy yordam soʻrgan.
XTB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda “Uzbekistan Airways Handling” AJ xavo kemasi yuvuvchisi ishchi xodimi M.M yoʻlovchi fuqaro D.M.ga tegishli boʻlgan qoʻl sumkasini yashirib olganligi aniqlanib ishchi M.M.dan yuqoridagi koʻrsatib oʻtilgan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib olingan. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.