platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 11-sinf oʻquvchisi sinfdoshini pichoqlab qoʻydi

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Toshkentda 11-sinf oʻquvchisi sinfdoshini pichoqlab qoʻydi

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi maktablarning birida 11-sinf oʻquvchisi kelishmovchilik sabab oʻz sinfdoshini pichoqlab qoʻydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 11 mart kuni taxminan soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf oʻquvchilari: 2006 yilda tugʻilgan T.A. hamda 2005 yilda tugʻilgan O.J., shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol oʻynayotgan vaqtida oʻzaro ogʻzaki gap talashib qolganlar. Shundan soʻng, voyaga yetmagan 2006 yilda tugʻilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yoʻl bilan hal qilish oʻrniga, oʻzi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005 yilda tugʻilgan O.J.ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Natijada, O.J. tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid