platina.uz
Jamiyat

Tojikistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonda sezildi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida Tojikistonda boʻlgan zilzila kuchi sezildi. Jumladan, Samarqandda 3 ball, Jizzaxda 2-3 balli yer silkinishi kuzatildi.
Tojikistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonda sezildi

Tojikistonda 12 mart kuni yer silkinishi kuzatildi. Zilzilalar kuchi Oʻzbekistonda sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Markaz maʼlumotiga koʻra, Toshkent vaqti bilan 20:26 da (Grinvich boʻyicha 15:26 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Koordinatalar: 39,31 gradus shimoliy kenglik; 67,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 260 km janubi-sharqda.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Samarqand viloyatida 3 ball, 63 km;
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 93 km.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid