Ravshan Ermatov yangi lavozimga tasdiqlandi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qoʻmitlariga vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga OFK Ijroiya Qoʻmitasi vakili, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov nomzodi tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Ravshan Ermatov ayni damda Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti ham sanaladi.