platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada maktab oʻquvchisi oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashlashga urindi

14 yoshli maktab oʻquvchisi oʻgay otasi bilan oʻzaro janjallashib qolishi natijasida 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan.
Fargʻonada maktab oʻquvchisi oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashlashga urindi

Ijtimoiy tarmoqda Fargʻona shahrida maktab oʻquvchisi boʻlgan qiz oʻzini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi boʻlgani haqida xabar tarqalgan.

Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov holat boʻyicha Platina.uz'ga rasmiy maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab oʻquvchisi) oʻgay otasi bilan oʻzaro janjallashib qolishi natijasida Fargʻona shahrining Tarona koʻchasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u yerdan pastga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.

Voqea joyiga borgan Fargʻona shahar IIB va FVV xodimlari D.K.ni tomdan sogʻ-omon tushirib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid