Bugungi yomgʻir ertaga ham davom etadimi?

Oʻzgidromet» 13 mart kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida. havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida. havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 712 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 21–26 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.




