platina.uz
Jamiyat

Toshkentda energiya resurslariga oʻsib borayotgan talab qanday taʼminlanadi?

Mazkur maqsad uchun ajratiladigan kredit mablagʻlari miqdori va nimalarga sarflanishi maʼlum boʻldi
Toshkentda energiya resurslariga oʻsib borayotgan talab qanday taʼminlanadi?

Prezidentning joriy yil 11 martdagi tegishli qarori bilan, Toshkent shahridagi isteʼmolchilarning energiya resurslariga oʻsib borayotgan talabini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Unga koʻra, Energetika vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, «Navoiy KMK» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «Oʻzavtosanoat» AJ va «Oʻzmetkombinat» AJning takliflariga asosan 2023 yilda Toshkent shahri elektr taʼminotini yaxshilashga qaratilgan 35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi.

Mazkur loyiha doirasida:

  • Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA boʻlgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quriladi;
  • Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning oʻtkazish quvvatini 179 MVAga oshiriladi;
  • jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.

Transformator punktlari va kabel mahsulotlari uchun 220 milliard soʻm miqdorida kredit mablagʻlari jalb qilinadi.

  • 2023 yilda past kuchlanishli transformator punktlari va kabel mahsulotlarini xarid qilish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Oʻzmilliybank” AJdan 220 mlrd soʻm miqdorida kredit mablagʻlari jalb qilinadi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ uchun belgilangan tartibda ochiladigan maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi;
  • Toshkent shahri hokimligi tomonidan jalb qilingan kredit mablagʻlari 2024 yildan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tegishli tarmoq jadvaliga muvofiq toʻlab beriladi;
  • loyihalashtirish, ekspertiza va qurilish-montaj ishlari“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xoʻjalik usulida amalga oshiriladi.

384 nafar xodim hamda 102 ta texnika belgilangan obʼektlarning qurilish-montaj ishlariga jalb qilinadi.

Energetika vazirligining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tegishli elektr tarmoqlari obʼektlarini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga balans (qoldiq) qiymatida berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Bunda obʼektlar barcha elektr qurilmalari, mol-mulklar, ularning texnik hujjatlari, shuningdek, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari bilan birga “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish (kamaytirish) hisobiga oʻtkaziladi hamda soliq solish obʼekti hisoblanmaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid