platina.uz
Jamiyat

SSV tizimida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida oʻtgan yigʻilishda «O‘zmedimpeks» MChJ direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori, vazirlik investitsiya boshqarmasi boshligʻi hamda boshqa qator masʼullar ishdan ketgan.
SSV tizimida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida oʻtgan Hayʼat yigʻilishida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, berilgan topshiriq va vazifalar hamda qoʻyilgan talablarni oʻz vaqtida bajarmagani sababli «O‘zmedimpeks» MChJ direktori A.Nabiyev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, oʻz yoʻnalishida yetarli natija koʻrsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi X.Ganiyeva hamda yana bir qator masʼullar ham ishdan olingani maʼlum qilindi.

Vazirning tegishli buyrugʻi bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov ham ishdan boʻshatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid