Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatiga yoʻl oldi!

Futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi—2023 chorak finalida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi.
Asosiy boʻlimlarda durang qayd etildi. Ravshan Haydarov shogirdlari penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, JCh yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, terma jamoa aʼzolari Indoneziya mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Shuningdek, Osiyo chempionati yarim finalida ishtirok etadi.