platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oliy taʼlim hamda undan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik qiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oliy taʼlim hamda undan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10 mart kuni «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid