platina.uz
Sport

Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi

Oʻzbekistonlik 47 yoshli atlet Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining 3-bosqichida kumush medalga ega chiqdi.
Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻzbekistonlik atlet tayanib sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ikki urinish natijasiga koʻra, 47 yoshli Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. U faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball toʻpladi.

Shu tariqa sportchi qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor boʻlgandi.

Tayanib sakrash, ayollar:

  1. Kolin Devallar (Fransiya) — 13.683;
  2. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) — 13.433;
  3. Linmin Yu (Xitoy) — 13.383.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid