platina.uz
Jamiyat

Navoiy hokimi sanoat zonalari uchun 1 mlrd.dan koʻp pul ajratdi

Viloyat hokimi imzolagan farmoyishga koʻra, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Navoiy hududiy filialiga 968 mln. soʻm, "Hududgaztaʼminot" AJ Navoiy viloyati filialiga 310 mln. soʻm pul beriladi.
Navoiy hokimi sanoat zonalari uchun 1 mlrd.dan koʻp pul ajratdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov viloyatdagi sanoat zonalari uchun 1 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratdi.

U imzolagan farmoyishga koʻra, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Navoiy hududiy filialiga 968 mln. soʻm, "Hududgaztaʼminot" AJ Navoiy viloyati filialiga 310 mln. soʻm pul beriladi.

Pullar Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari uchun sarflanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid