Bahodirjon Sidiqov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi

Bahodirjon Sidiqov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini oʻzlashtirish boʻyicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, 2019-2020 yillarda “Oʻzbekneftgaz”ga rahbarlik qilgan.
Maʼlumot uchun, "Oʻzbekneftgaz" AJni 2020 yil yanvaridan buyon Mehriddin Abdullayev boshqarib kelayotgandi.