platina.uz
Jamiyat

“Xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyati” oʻzgardimi?

Muhokamalarga sabab boʻlgan yangilikka bildirilgan eʼtirozlar, tanqidiy fikrlarga munosabat qanday boʻldi?
“Xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyati” oʻzgardimi?

Ikki kun davomida deputatlar muhokamasidan oʻtib, hech bir qarshiliksiz qabul qilingan yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida amaldagi 29-moddani «axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatini himoya qilish maqsadida cheklash» bilan toʻldirish taklif etilgandi. Bu yangilik esa jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab boʻldi, aksariyat faollar tanqidiy munosabat bildirishdi.

Loyiha 10 martdagi deputatlar muhokamasidan oʻtkazilgandan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon TOJIYeVning maʼlum qilishicha, ushbu taklif qilinayotgan normadagi “xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyati” deya keltirilgan jumlaga nisbatan bildirilgan eʼtirozlar eʼtibordan chetda qolmagan. Yaʼni ushbu taklif oʻzgartirilganini maʼlum qildi.

– Jamoatchilik bu yangilikni qizgʻin muhokama qildi, juda koʻp faollar tanqidiy mazmunda chiqishlar qildi.

Jamoatchilik fikrini inobatga olib, Natijada ushbu tushunchalar “aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni” deb oʻzgartirilgan (Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 33-moddasi).
Mazkur tushuncha amaldagi qonunchiligimizda ham, xalqaro hujjatlarda ham mavjud.

Masalan, BMTning “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida”gi xalqaro pakti 19-moddasida har kim oʻz fikrini erkin ifodalash, axborot izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi, ushbu huquqdan foydalanish alohida masʼuliyat va javobgarlik yuklashi belgilangan. Mazkur moddaning 3-bandida esa davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini (ingliz tilida “public health or morals”, rus tilida “zdorovya ili nravstvennosti naseleniya” soʻzlari ishlatilgan) yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur boʻlganda ushbu huquqlar qonun bilan cheklanishi mumkinligi aniq yozib qoʻyilgan”, - deydi Tojiyev.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid