platina.uz
Jamiyat

"Prava"ngizga bir qarab qoʻying

Adliya vazirligi eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddatiga kam vaqt qolganini eslatib oʻtdi.
"Prava"ngizga bir qarab qoʻying

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:

  • 2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
  • -2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid