platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning 5 ta viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

11−15 mart kunlari 5 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
Oʻzbekistonning 5 ta viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati togʻli hududlar aholisiga murojaat qildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 11-15 mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» togʻlarida;

Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid