platina.uz
Jamiyat

Konstitutsiya yangilanyapti, u qabul qilingan kun ham oʻzgaradimi?

Tarixiy yigʻilish deya baholangan muhokama yakuni va muhim sana haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon TOJIYeV maʼlumot berdi.
Konstitutsiya yangilanyapti, u qabul qilingan kun ham oʻzgaradimi?

Bir yildan buyon muhokama qilingan yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi haqida soʻnggi qarorlarga nihoyat yaqin keldik.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida kecha boshlanib bugun yakuniga yetgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi tarixiy yigʻilish deya baholandi. Ana shu tarixiy yigʻilish yakuniga koʻra deputatlar 3 muhim qarorni qabul qilishdi:

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi maʼqullandi.

2. Referendumni 2023 yil 30 aprel - yakshanba kuni oʻtkazish belgilandi.

3. Loyihaning amaldagi Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash uchun Konstitutsiyaviy sudga yuborildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon TOJIYeVning maʼlum qilishicha, Konstitutsiya qabul qilingan kun anʼanaviy 8 dekabrligicha qoladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid