Deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 10 mart kuni boʻlib oʻtgan majlisda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi qonunni yangi tahrirda qabul qildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendum sanasini 2023 yil 30 aprel deb belgilash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish toʻgʻrisidagi masala ham qoʻllab-quvvatlandi.