Demokratlashayotgan qoidalar: Bosh vazirni tayinlashda xalq vakillari barcha birdek ishtirok etadi

Amaldagi tartibga koʻra, Bosh vazir nomzodini ilgari surish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp ovoz olgan partiya irodasiga bogʻlab qoʻyilgan edi. Endi esa tartib oʻzgaradi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya ilgʻor xorijiy tajriba inobatga olinib, Bosh vazir nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash vakolati Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga oʻtkazilmoqda. Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasiga taqdim qilishdan oldin Prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish tartibi joriy etilmoqda. Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin Prezident Bosh vazirni lavozimga tayinlaydi.
Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining Bosh vazir nomzodini koʻrib chiqishdagi ishtiroki taʼminlanadi. Yaʼni, bu boradagi qoidalar yanada demokratlashtirilmoqda.




