Bugun Oʻzbekistonning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi

Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° iliq, janubda va choʻl hududlarda 30° iliqgacha boʻladi.
Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq boʻladi.




