18 milliondan ortiq yoshlarimiz uchun xushxabar

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoshlarimiz masalalariga ham eʼtibor berilib, ularning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, Bosh qomusimizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda.
Ota-onalarning oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli
va har tomonlama kamol topishi uchun ham gʻamxoʻrlik qilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, yoshlarni himoya qilish, ularning huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bu esa yosh avlod hayotini yaxshilash, ular orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarish va hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun ulkan imkoniyat yaratadi.




