Toshkent metrosining 7-bekati sakkiz kunga yopiladi

Toshkent metropolitenining «Yer usti halqa yoʻli» yoʻnalishi 6 va 7-bekatlari oraligʻidagi yer ustki qismida Fargʻona yoʻli koʻchasidan «Qoʻyliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yoʻl oʻtkazgichining qurilish ishlari yakunlanayotgani munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qoʻyliq) 11–18 mart kunlari vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
«Yer usti halqa yoʻli» yoʻnalishida poyezdlar harakati «Doʻstlik-2» bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi. Yoʻlovchilar uchun esa 6 va 7-bekat oraligʻida qoʻshimcha avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.




