Tojikistonda 4,5 balli zilzila sodir boʻldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, 09.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 22:31 da (07.03.2023 yil, Grinvich boʻyicha 17:31 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi.
Zilzila koordinatalari: 37,77 gradus shimoliy kenglik; 71,62 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 220 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 440 km janubiy-sharqda.
Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda 3,8 balli zilzila sodir boʻlgani xabar bergandik.