Samarqandda mast fuqaro 14 yoshli qizni oʻgʻirladi

2023 yilning 8 mart kuni soat taxminan 8:00 larda, 1985 yilda tugʻilgan fuqaro S.U. mast holda oq rangli «Neksiya-3» rusumli avtomashina bilan Samarqand shahar Dahbed koʻchasidagi oʻquv markazi oldida turgan 2009 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizga oʻzini kirakash deb tanishtirgan.
Soʻngra uni uyiga olib borishini aytib, aldab oʻtirgʻizib, uyiga olib bormasdan, boshqa tomonga boshqarib ketgan.
Qiz mashinadan tushib qolmoqchi boʻlganda erkak mashina eshiklarini qulflab qoʻygan va mashinani Oqdaryo tumani Boshdarxon MFY, Yangiobod qishlogʻigacha boshqarib borib, avtomashinasini shinasi bosimi chiqib ketganligi sababli avtomashinadan tushib, gʻildiraklariga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan tushib, qochib ketib, shu yerda boʻlgan fuqarolardan yordam soʻragan, deyiladi viloyat IIB xabarida.
Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qoʻlga olinib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi (Odam oʻgʻirlash) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.




