Oʻzbekistonda fevral oyida soliq tushumlari 13 trln soʻmdan ortdi

2023 yil fevral oyida soliq organlari tomonidan 13,4 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tushumlar tahlil qilinganda 2023 yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida oʻsishga erishilgan.
Soliq turlari kesimida:
- Foyda soligʻidan 3,9 trln soʻm (28,9%);
- QQSdan 2,8 trln soʻm (20,8%);
- JShODSdan 2,3 trln soʻm (17,1%);
- Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 1,2 trln soʻm (9%);
- Aksiz soligʻidan 1,2 trln soʻm (8,7 %)ni tashkil etdi.
Jumladan, foyda soligʻi 1,5 trln soʻm, JShODS 407,2 mlrd soʻm, AOS 140,7 mlrd soʻm, mol-mulk soligʻi 140,2 mlrd soʻm, yer soligʻi 100 mlrd soʻm, aksiz soligʻi 86 mlrd soʻm, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd soʻmga oʻsgan.
2023 yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln soʻmdan oshdi.