platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinmoqda

Maʼlum qilinishicha, Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda.
Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinmoqda

Yangilanayotgan Konstitutsiyada Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinmoqda. Bunda fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan taʼminlanishi, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini taʼminlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda. Boshqacha aytganda, ijtimoiy davlatga xos boʻlgan barcha elementlar Konstitutsiyamizda aks ettirilmoqda.
Shuningdek, muhokama jarayonida qayd etilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar yanada takomillashtirilgan. Jumladan, davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obʼektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishi, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashishi, zarur axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlashi mustahkamlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz: ayni paytda Qonunchilik palatasida aholining 220 mingdan ziyod takliflari asosida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtayotgani haqida avvalroq xabar qilgandik.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid