platina.uz
Jamiyat

Bugun deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish xaqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda

Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtadigan Yalpi majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi koʻrib chiqiladi.
Bugun deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish xaqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda

Bugun soat 15:00 da Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtadigan Yalpi majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi koʻrib chiqiladi.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Yalpi majlis “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston” teleradiokanallari, "UzReport" telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTube'dagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.

Eslatib oʻtamiz: Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekistonga mos boʻlgan Konstitutsiyani har tomonlama oʻylab, shoshilmasdan ishlab chiqishilishi, fuqarolarimiz bildirgan barcha taklif va istaklar albatta inobatga olinishi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqilishini maʼlum qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid