platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning oʻlimiga oid birlamchi maʼlumotlarni oshkor qildi

Rossiyalik jurnalistning oʻlim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangandi.
Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning oʻlimiga oid birlamchi maʼlumotlarni oshkor qildi

Avvalroq Toshkentda rossiyalik jurnalist oʻlik holda topilgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning oʻlimi yuzasidan bayonot berganini ham maʼlum qilgandik.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, 36 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati boʻyicha tekshirish oʻtkazilmoqda.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, A.Nechayevning oʻlimi «surunkali yurak-oʻpka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan kelib chiqqan.

A.Nechayevning tanasi koʻzdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan.

"Tekshirish davom etmoqda", - deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid