Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning oʻlimi yuzasidan bayonot berdi

37 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmokda.
Bu haqda Oʻzbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻlim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Natijalari haqida qoʻshimcha xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.




