platina.uz
Siyosat

Arzimagan, kam ahamiyatli qoidabuzarlik uchun ogʻir jazo berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi – Yangilanayotgan Konstitutsiya

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Arzimagan, kam ahamiyatli qoidabuzarlik uchun ogʻir jazo berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi – Yangilanayotgan Konstitutsiya

“Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy maqsadidir” – ayni paytda deputatlar muhokama qilayotgan Konstitutsiya loyihasida ana shunday norma belgilanmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun, loyihada insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ushbu norma boʻyicha berilgan izohga koʻra, endi agar davlat biron bir xarakat uchun jarima, yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasini belgilamoqchi boʻlsa, mazkur prinsipga amal qiladi, yaʼni arzimagan, kam ahamiyatli qoidabuzarlik uchun uning jamiyat uchun xavflilik darajasiga mutanosib boʻlmagan ogʻir jazo chorasini belgilay olmaydi. Aytish joizki, ushbu qoida asosida amaldagi huquqiy taʼsir choralari ham qayta koʻrib chiqiladi.
Bu nimadan dalolat? Muhokamalar jarayonida tushuntirilishicha, ushbu norma maʼqullansa, insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi. Bu juda katta kafolat!

Jahongir ShIRINOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi:
– Masalan, aytaylik soliq qonunchiligida bir biriga nomuvofiq boʻlgan normalar vujudga keldi. Bunday nomuvofiqlikni, tabiiyki, soliq organi davlat foydasiga, fuqaro esa oʻz foydasiga talqin qilishni xohlaydi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur kafolat esa, bunday bahsga nuqta qoʻyadi va nomuvofiqliklar davlatga emas, balki inson foydasiga hal etiladi, deb qatʼiy belgilaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid