platina.uz
Jamiyat

2023 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» nashri eʼlon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonning 2023 yilgi davlat byudjetiga bagʻishlangan «Fuqarolar uchun byudjet» nashrini eʼlon qildi. Shuningdek, unda 2024 – 2025 yillar uchun moʻljallar, davlat qarzi haqida maʼlumotlar joy olgan.
2023 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» nashri eʼlon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonning 2023 yilgi byudjetiga bagʻishlangan «Fuqarolar uchun byudjet» axborot nashrini taqdim etdi.

Iqtisodiyot vazirligi nashrda joriy yilgi davlat byudjeti «global zarbalar va oʻsib borayotgan iqtisodiy noaniqlik sharoitida» shakllantirilganini eslatib oʻtgan.

Tashqi tahdidlar tufayli iqtisodiyot rejalashtirilganidan pastroq surʼatlarda oʻsishi kutilmoqda. Nashrning birinchi qismida keltirilgan dastlabki baholashga koʻra, 2022 yilda Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish 5,7 foizni tashkil etdi. 2023 yilda YaIM oʻsishi 5,3 foizgacha sekinlashishi prognoz qilinmoqda.

Nashrning asosiy boʻlimi Davlat budjeti daromadlari, xarajatlari va taqchilligining prognoz koʻrsatkichlariga bagʻishlangan. Mazkur boʻlimda oʻquvchilarga, 2023 yil uchun soliq byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari, manbalar kesimidagi byudjet daromadlarining prognozi hamda budjet tushumlariga taʼsir etuvchi omillar havola etiladi.

Ushbu boʻlimda oʻquvchilar 2023 yilda budjet mablagʻlarini sarflashning hajmlari va yoʻnalishlari haqida ham maʼlumot olishlari mumkin. Xarajatlar qismida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda.

Inflyatsiyaning kuchayishi sharoitida ushbu sohani moliyalashtirish, jumladan, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oshirishga koʻproq mablagʻ ajratilishini talab etadi.

2023 yilda Davlat budjeti umumiy xarajatlarining 50,4 foizini ijtimoiy xarajatlar tashkil etadi.

Keyingi yillarda joriy etilgan tashabbusli budjet amaliyoti ushbu maqsadlarga ajratiladigan budjet mablagʻlarini koʻpaytirish hisobiga kengaytiriladi. Oʻquvchilar fuqarolarning bevosita ishtirokida, ularning fikr va takliflarini inobatga olgan holda mahalliy budjet mablagʻlarini qancha miqdorda taqsimlash rejalashtirilganligini bilib olishlari mumkin.

Boʻlim budjet taqchilligi va uni qoplash manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan yakunlanadi. Oʻrta muddatli istiqbolda Davlat budjeti barqarorligini taʼminlash uchun taqchillik bosqichma-bosqich kamaytirilishi rejalashtirilgan.

Nashrning oxirgi boʻlimi davlat qarzi holati va uni boshqarish masalalariga bagʻishlangan. Mazkur boʻlimda makroiqtisodiy barqarorlik uchun maqbul darajadagi davlat ichki va tashqi qarzi prognoz hajmlari va dinamikasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgan.

Ushbu nashrni taqdim etish orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 2023 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng foydalanuvchilar uchun qiziqarli boʻlishi, fuqarolar bilan muloqotni kengaytirishi va faollashtirishiga umid bildiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid