platina.uz
Jahon

Turkiyadagi zilzilalar keltirgan zarar miqdori maʼlum qilindi

Shuningdek, zilzila natijasida 600 mingdan ortiq xonadon va idoralar joylashgan 200 mingdan ortiq binolar vayron boʻlgan.
Turkiyadagi zilzilalar keltirgan zarar miqdori maʼlum qilindi

BMT Taraqqiyot dasturining Turkiyadagi doimiy vakili Luiza Vinton fevral oyi boshida Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilalarning iqtisodiy zarari haqida maʼlumot berdi.

Vintonning aytishicha, zilzila sabab faqat Turkiyaning oʻzida 100 milliard dollardan oshiq zarar vujudga kelgan.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, zararni baholash hali ham davom etmoqda va 16 mart kuni Bryusselda boʻlib oʻtadigan Yevropa ittifoqi donor davlatlari konferensiyasida yakunlanadi.

«Zarar 100 milliard dollardan oshiqroq boʻlishi allaqachon aniq», deydi Uinton Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda.

Maʼlumotga koʻra, zilzila natijasida 600 mingdan ortiq xonadon va idoralar joylashgan 200 mingdan ortiq binolar vayron boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid