platina.uz
Jamiyat

Toshkentda rossiyalik jurnalist oʻlik holda topildi

Rossiyaning «Byulleten kinoprokatchika» jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi u vaqtincha yashayotgan Toshkentdagi kvartirasidan topilgan.
Toshkentda rossiyalik jurnalist oʻlik holda topildi

Rossiyaning “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev 37 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnal Telegram kanali xabar berdi.

«Byulleten kinoprokatchika“ bosh muharriri Aleksandr Nechayevning kutilmagan oʻlimini cheksiz qaygʻu bilan maʼlum qilamiz. Sasha oʻtkir zehnli, ochiqkoʻngil, professional va isteʼdodli odam edi. Biz nafaqat hamkasbimizni, balki xotiramizda abadiy qoladigan yaqin doʻstimizni ham yoʻqotdik», — deyiladi xabarda.

Marhumning yaqinlariga koʻra, oʻlim sabablari hozircha nomaʼlum. Marhumning doʻsti, jurnalist Denis Korsakovning aytishicha, Nechayev bir-ikki oy Toshkentda istiqomat qilish uchun kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid