platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda davlat xizmatchilari asosan qanday kasalliklarga chalinishi maʼlum qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5744 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Oʻzbekistonda davlat xizmatchilari asosan qanday kasalliklarga chalinishi maʼlum qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5744 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Koʻrik Cogʻliqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan. Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtdi.

Tibbiyot xodimlarining xulosalariga koʻra, hokimlik xodimlari oʻrtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), koʻz va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.

Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli koʻrsatmalar yuborildi, jarayon davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid