Oʻzbekiston oltin zaxirasi 500 mln dollarga koʻpaydi

Oʻzbekistonning xalqaro zaxira aktivlari 174,4 mln dollarga koʻpayib, 35,7 milliard dollarga yetgan. Bu haqda Markaziy bank rasmiy saytida xabar berildi.
Bu oʻsishda oltinning qimmatlashuvi asosiy rol oʻynagan. Jumladan, fevral oyida oltinimiz 23,5 mlrd dollarga yetgan, bu uning qiymati 491 mln dollarga koʻpaydi degani.




