Ertaga Oʻzbekistonning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 9 mart, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.




