Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangilandi (roʻyxat)

«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar roʻyxatini yangiladi.
Jamiyat
8-mart 2023 yil
Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangilandi (roʻyxat)

«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar roʻyxatini yangiladi.

Rahbar ayollarning kuchli qirqtaligiga bir necha nodavlat tuzilmalari vakilalari ham kiritildi. Zero, ular davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqda.

Oʻrganish natijalari mamlakatimizda tuzilmaviy va institutsional oʻzgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy taʼlimda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakat Senatini ayol kishi boshqarmoqda. 2021 yilda Oʻzbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi (deyarli ikki baravar oʻsgan). Ushbu koʻrsatkich boʻyicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-oʻringa koʻtarildi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+